Oʻzingizni doim xavotirli, bezovta yoki holdan toygan his qilyapsizmi?
Boshingizdan kechirayotganlaringizni hech kim toʻliq tushunmayotgandek tuyuladimi?
His-tuygʻularingizni ingliz tilida ifoda etish sizga qiyin boʻlyaptimi?
Siz yolgʻiz emassiz. Kerakli yordam bilan bu qiyinchiliklarni yengish yoʻllarini topish mumkin.
Momentum Counseling and Consulting markazida oʻzbek tilida gaplashadigan ruhiy salomatlik boʻyicha mutaxassis bilan uchrashib, fikr va his-tuygʻularingizni oʻzingizga qulay tilda ifoda eta olasiz.
Psixologik yordam jarayonida oʻz fikr va his-tuygʻularingizni erkin ifodalay olish juda muhim. Ona tilida suhbatlashganingizda, kerakli soʻzlarni izlashga yoki hislaringizni boshqa tilga tarjima qilishga hojat qolmaydi. Bu esa oʻzingizni erkinroq his qilishingizga, dardingizni ochiqroq aytishingizga va mutaxassis bilan oʻzaro ishonchli munosabat oʻrnatishingizga yordam berishi mumkin.
Vatandan uzoqda yashashning ham oʻziga yarasha qiyinchiliklari bor. Yaqinlaringizdan uzoqda boʻlish, ikki madaniyat orasida yashash, yangi mamlakatga moslashish yoki farzandlarni ikki tilda tarbiyalash shular jumlasidandir. Bu tajribalar va boshdan kechirayotgan qiyinchiliklaringiz haqida oʻzbek tilida gaplashish oʻzingizni erkinroq ifoda etishingizga yordam berishi mumkin.
Sizni qiynayotgan masala bu roʻyxatda boʻlmasa ham, biz bilan bogʻlanishingiz mumkin. Sizga mos yordamni topishda koʻmaklashamiz.
Seanslar Kolorado shtatidagi ofislarimizda yuzma-yuz yoki Kolorado boʻylab onlayn tarzda oʻtkazilishi mumkin.
Biz Aetna, Anthem, Cigna, UnitedHealthcare va Medicaid (Health First Colorado) kabi koʻplab tibbiy sugʻurta rejalarini qabul qilamiz. Birinchi seansingizdan oldin sugʻurtangiz terapiya xarajatlarini qay darajada qoplashini tekshirib beramiz.
Xavotir, depressiya yoki hayotingizdagi qiyin davr bilan bogʻliq yordamga ehtiyoj sezsangiz, Momentum bilan bogʻlanishingiz mumkin. Sizni tinglashga va yordam berishga tayyormiz.